Узбек O'zbek
«Arsenal» 18 yoshli fransuz uchun 30 mln yevro to‘lamoqchi
Chorshanba, 26 Iyun
2231

«Sent-Eten» himoyachisi Vilyam Saliba shu yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

RMC xabariga ko‘ra, 18 yoshli fransuzga Londonning «Arsenal» klubi qiziqib qolgan.

«To‘pchilar» ayni paytda «Sent-Eten» bilan muzokaralar o‘tkazishmadi. Dastlabki yuborilgan taklif qiymati 25 mln yevroga teng bo‘lgan, unga yana qo‘shimcha 5 mln yevro bonuslar ham taklif etilgan.

Klublar vakillarining navbatdagi uchrashuvi shu hafta bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Saliba va «Arsenal» o‘rtasidagi 5 yillik shartnoma bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Vilyamga «Tottenhem» ham da’vogarligi aytilmoqda, ammo bu kurashda «Arsenal»ning imkoniyati kattaroq. Mart oyida «Sent-Eten» tarbiyalanuvchisiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Saliba o‘tgan mavsumda Fransiya birinchi divizionining 16ta turida qatnashib, ulardan 13tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz