Узбек O'zbek
Neymar va «Barselona» o‘rtasidagi bitim shartlari ma’lum bo‘ldi
Seshanba, 25 Iyun
12369

«PSJ» hujumchisi Neymar «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi, deb ma’lum qildi Diario Sport.

Nashrga ko‘ra, braziliyalik futbolchi sobiq klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bitim 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unga asosan hujumchi yiliga 24 mln yevro maosh oladi.

Neymar «PSJ»ga o‘tguniga qadar ham «Barselona»da deyarli shuncha maosh olardi. Parijda esa unga yiliga deyarli 37 mln yevro to‘lashgan.

Qayd etilishicha, Neymar Kataloniyaga qaytishni qattiq xohlagani bois klubning ilk taklifiniyoq muhokamasiz qabul qilgan. Qolaversa, u shundoq ham o‘zini «PSJ»dan qaytarib sotib olish «Barsa»ga qimmatga tushayotganini inobatga olgan.

Shuningdek, Neymar «ko‘k-anorranglilar»ga sodiqligi uchun unga to‘lanishi kerak deb hisoblayotgan 26 mln yevro bo‘yicha da’vosidan ham to‘liq voz kechgan. Uning avvalgi iddaolariga ko‘ra, «PSJ»ga o‘tishidan oldin «Barselona» unga shuncha miqdorda bonus berishi kerak edi.

Qo‘shimcha qilinishicha, 10-raqam egasiga «Real» ham qiziqish bildirgan. Madridliklarning taklifi moliyaviy jihatdan kataloniyaliklarnikidan yaxshiroq ekaniga qaramay Neymar Barselonaga qaytishni istamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz