Узбек O'zbek
«Derbi Kaunti» Lempard bilan muzokara olib borish uchun «Chelsi»ga ruxsat berganini tasdiqladi
Seshanba, 25 Iyun
734

«Chelsi» Frenk Lempard bilan muzokaralar o‘tkazish uchun u bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan «Derbi Kaunti» klubidan rasman ruxsat oldi.

«Shuni tasdiqlay olamizki, klubimiz «Chelsi»ga Frenk Lempard bilan «Stemford Brij»da bo‘sh qolayotgan murabbiy lavozimi borasida muzokara o‘tkazish uchun ruxsat bergan.

Ikkala klub uchun ham mavsumoldi tayyorgarlik davri yaqinlashayotgani bois tomonlar muzokaralarni tezroq yakunlay olishlariga umid qilamiz. Klub bu mavzuga qaytish zarurati tug‘ilmagunga qadar bu borada boshqa ma’lumot bermoqchi emas», – deb xabar qilindi «Derbi» rasmiy tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Frenk «ko‘klar» bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U «Chelsi»da «Yuventus»ga ishga o‘tgan Mauritsio Sarrining o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Lempard murabbiylik faoliyatini bir yil oldin boshlagan. Uning debyut mavsumida «Derbi Kaunti» Chempionshipda 6-o‘rinni egalladi; APLga chiqish pley-offida finalgacha yetib borib, Premer-liga ostonasida «Aston Villa»ga yutqazdi (1:2).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz