Узбек O'zbek
«Barselona» Grizmann transferini yakunlash uchun 1 iyul kelishini kutmoqda
Seshanba, 25 Iyun
3020

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann 1 iyuldan keyin «Barselona» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ayni shu sanadan boshlab uning shartnomasida belgilangan tovon puli 120 mln yevroga tushishi to‘g‘risidagi band kuchga kiradi.

The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bilan bitim shartlari ikki oy oldin kelishib bo‘lingan.

Avvalroq «Barsa» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bu mish-mishlarni rad etgandi.

«U bilan aloqaga chiqmaganimiz haqida bir necha marotaba gapirdik. Hech qanday muzokara o‘tkazilmayapti.

Yaqin kunlarda va kelgusi haftalarda bozorda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatib boramiz», – degandi Bartomeu RAC1 radiosi efirida.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Grizmann «Atletiko»dan ketishini ma’lum qilgan, ammo yangi klubiga aniqlik kiritmagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz