Узбек O'zbek
Eto’O Salohga «Barselona»ga o‘tishni maslahat berdi
Dushanba, 24 Iyun
4629

«Barselona» sobiq hujumchisi Samuel Eto’O «Liverpul» a’zosi Muhammad Salohga Kataloniya klubiga o‘tishni tavsiya qildi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

«Men «Barselona»ning o‘yin uslubini bilaman va o‘ylaymanki, bu uslub Salohga mos tushadi. Agar unda jahonning eng yaxshi ligasi – Ispaniya chempionatida o‘ynash imkoniyati tug‘ilsa, «Barselona»ga o‘tishi kerak. Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kerakli barcha xislatlar unda bor», – dedi Eto’O.

Eslatib o‘tamiz, misrlik hujumchi ikki mavsumdan buyon «Liverpul»da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda u 52ta o‘yinda maydonga tushib, 27+13 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz