Узбек O'zbek
Xedira Sarrining rejalarida yo‘q, unga birinchi da’vogar klub ma’lum
Yakshanba, 23 Iyun
4632

Istanbulning «Beshiktosh» klubi Turinning «Yuventus» jamoasi yarimhimoyachisi Sami Xeridaga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Goal.

Manbada aytilishicha, germaniyalik xavbek «keksa sinora»ning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining rejalaridan o‘rin olmagan.

Transfermarkt 32 yoshli Xedirani 7 mln yevroga baholagan. «Yuve» uni 2015 yilda, «Real»da ketgach erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Sami tizzasidagi jarohati va yurak aritmiyasi tufayli mavsum davomida ikki marta jarrohlik stoliga yotdi. Shu bois mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi; A Seriyada 10ta o‘yinda qatnashib, 2ta gol muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz