Узбек O'zbek
«Yuventus» direktori Pogbaning qaytishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Juma, 21 Iyun
4350

«Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi jamoaning sobiq futbolchisi, «MYU»dan ketishni ko‘zlayotgan yarimhimoyachi Pol Pogba to‘g‘risida fikr bildirdi.

«Pogba – «Manchester Yunayted» futbolchisi. U ko‘p yillar safimizda o‘ynagan. Shu yerda ulg‘aygan. Biz uni yaxshi ko‘ramiz, lekin u – «MYU» a’zosi», – degan Paratichining so‘zlarini keltirdi Football Italia.

Avvalroq Paratichi Londonda «MYU» vakillari bilan uchrashib, Pogbani ortga qaytarish istiqboli yuzasidan muzokara o‘tkazgani ma’lum qilingan edi. Ammo unga «Real» asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Yuve» Polni 2012 yilda «Yunayted»dan xarid qilib, 2016 yilda yana shu klubga 105 mln yevroga sotib yuborgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz