Узбек O'zbek
Xames «Napoli»ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Juma, 21 Iyun
3733

«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges «Napoli»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Napoli» – o‘z tarixiga ega jamoa. Bu klubda Diyego Maradona o‘ynagan. Vaqti keladi va men kelajagim haqida o‘ylab ko‘raman. Hozir esa bor e’tiborim Kolumbiya milliy jamoasi bilan Amerika Kubogida g‘alaba qozonishga qaratilgan», – degan Xamesning so‘zlarini keltirdi Tuttomercatoweb.

Avvalroq 27 yoshli xavbek Neapol klubi taklifiga rozilik bergani xabar qilingan edi. «Napoli» uni keyinchalik to‘la sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. 

Madrid klubi Xamesni 42 mln yevroga baholamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz