Узбек O'zbek
Sarri ortidan «Chelsi» futbolchisi «Yuventus»ga o‘tishi mumkin
Payshanba, 20 Iyun
7790

«Chelsi» yarimhimoyachisi Jorjinoning agenti «Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri futbolchini turinliklar klubida ko‘rish istagi borligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

«Mijozimning «Chelsi» bilan 4 yillik shartnomasi mavjud,. Biz bunday qiziqish bor-yo‘qligini aniq bo‘lishi uchun bir necha kun kutdik. U o‘tmishda «Napoli»da o‘ynagani «Yuventus»da o‘ynashiga to‘siq bo‘lmasligi aniq, chunki Jorjinyu professional futbolchi.

Hozir Jorjinyu «Chelsi»da baxtiyor. U yaxshi muhitda futbol o‘ylamoqda, u boshqa klubga o‘tmoqchi deya olmayman, ammo transferlar bozorida har narsa bo‘lishi mumkin. Biz kutamiz va kuzatamiz», — deya Joao Santosning so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Jorjino Sarri bilan «Napoli»da birga ishlagan, keyin murabbiy ortidan Londonning «Chelsi» klubiga yo‘l olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz