Узбек O'zbek
Kopa Amerika. Argentinada durang, Kolumbiya – guruh g‘olibi
Payshanba, 20 Iyun
6995

Braziliyada davom etayotgan Amerika Kubogida «B» guruhining ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Karlush Keyrush qo‘l ostidagi Kolumbiya milliy jamoasi 86-daqiqada Duvan Sapataning goli evaziga Qatarni minimal hisobda mag‘lub etdi. Argentina esa Paragvay bilan durangga rozi bo‘ldi – 1:1.

Natijada 2-turdan keyin Kolumbiya 6 ochko bilan guruh g‘olibligini naqd qildi, Argentina esa so‘nggi o‘rinda qoldi.

3-turda Qatar-Argentina va Kolumbiya-Paragvay uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kopa Amerika
«B» guruhi, 2-tur
Kolumbiya – Qatar 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 86 Sapata.
Kolumbiya – Ospina, Medina (Aryas, 46), Mina, Sanches, Tesilo, Kuadrado (Falkao, 64), Barrios, Uribe, Martines (Dias, 75), Sapata, Xames.
Qatar – Al-Sheb, Al-Ravi, Xuxi, Salmon, Pedru Migel, Xolid (Duzande, 84), Madibo, Xotim (Budiaf, 66), Hassan, Afif, Ali.
Ogohlantirishlar: Madibo (44), Hassan (57), Uribe (73), Pedru Migel (73), Afif (83).

Argentina – Paragvay 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37 Sanches, 1:1 – 57, penalti Messi.
Argentina – Armani, Kasko, Talyafiko, Otamendi, Petsselya, Paredes, Lo Chelso, Pereyra (Aguero, 46), de Paul (Suares, 87), Messi, Martines (Di Mariya, 67).
Paragvay – Fernandes, Arsamendiya, Gomes, Piris, Alonso, Roxas, Roxas, Sanches, Almiron (Ortis, 87), Santander (Romero, 72), Gonsales (Eskobar, 90).
Ogohlantirishlar: Gomes (32), Roxas (43), Armani (45), Piris (55), Talyafiko (80), Otamendi (83).

«C» guruhi, 21 iyun
04:00. Urugvay – Yaponiya

22 iyun
04:00. Ekvador – Chili

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz