Узбек O'zbek
Kulibali uchun yana bir grand yuz million yevroga yaqin pul to‘lamoqchi
Chorshanba, 19 Iyun
5118

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali keyingi mavsum APLda o‘ynashi mumkin.

«Manchester Yunayted» kurashib kelayotgan bu senegallik futbolchi «Manchester Siti»ning ham diqqat markazida turibdi. La Gazzetta dello Sport`ning yozishicha, «shaharliklar» Kulibali uchun 95 mln yevro taklif qilishmoqchi.

Qo‘shimcha qilish o‘rinliki, «Napoli» bunga qadar «MYU»dan tashqari «Real»ning ham takliflarini rad etib kelayotgan edi.

27 yoshli Kalidu 2014 yildan buyon Neapolda o‘ynab kelyapti. O‘tgan mavsumda u A Seriyaning 35ta turida qatnashib, 2tadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.

Sarri «Yuventus» himoyasini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
«Real» 90 mln yevrolik taklifiga rad javobini oldi
«Napoli» 110 mln yevroga ham ko‘nmadi – «MYU» yana rad javobini oldi

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz