Узбек O'zbek
«MYU» Reshford bilan yangi bitim yuzasidan nihoyat kelishuvga erishdi
Seshanba, 18 Iyun
3169

«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshford bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda The Times.

Kelishuv shartlari hozircha ma’lum qilinmayapti. Faqatgina bitimning uzoq muddatga mo‘ljallagani haqida ma’lumot bor.

Avvalroq 21 yoshli futbolchi 4 yillik yangi bitimga imzo chekish uchun haftalik maoshi 390 ming yevroga yetkazilishini istayotgani xabar qilingan edi.

Markus hozirda haftasiga 80 ming funt maosh oladi. Uning amaldagi shartnomasi muddati tugashiga bir yil qoldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz