Узбек O'zbek
Neapolda Sarri sharafiga ilingan izzat taxtasi olib tashlandi
Dushanba, 17 Iyun
3860

«Napoli» muxlislari jamoaning sobiq ustozi Mauritsio Sarri klubning ashaddiy raqiblaridan biri «Yuventus»ga bosh murabbiy bo‘lganidan norozi.

Kecha Neapolning Sarri tug‘ilgan mavzesi – Banolida uning sharafiga ilingan taxtacha devordan yulib olindi.

Bu 60 yoshli mutaxassis «Chelsi»dan «Yuventus»ga ishga o‘tgani e’lon qilingan kuni ro‘y berdi.

Ma’lumot uchun, Italiyaning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida tarixan qarama-qarshilik shakllangan bo‘lib, bu futbolda ham o‘z aksini topgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yuventus» muxlislari klub tarixida o‘z o‘rniga ega Antonio Konte «Inter» bosh murabbiyi bo‘lgani uchun uni jamoa stadionidagi sharaf yulduzidan mahrum qilishni talab qilib, petitsiya boshlashgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz