Узбек O'zbek
Maradona: «Bizning paytimizdagi boobro‘ Argentina milliy jamoasidan nima qoldi?»
Dushanba, 17 Iyun
4321

Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona mamlakat milliy jamoasining Kopa Amerikani muvaffaqiyatsiz boshlaganiga munosabat bildirdi.

«Bilasizmi, hatto Tonga milliy jamoasi ham bizni yenga oladi. Argentina termasining o‘sha vaqtlarda biz yaratib ketgan nufuzi bor xolos... Bularning hammasidan nima qoldi? Milliy jamoaning futbolkasini xuddi o‘z onangdek his etishing kerak», – degan Maradonadan iqtibos keltirdi TyC Sports.

Ma’lumot uchun, Tonga qirolligi – Tinch okeanidagi Polineziya mintaqasida joylashgan va 200ga yaqin orollardan iborat davlat. Arxipelag aholisi 100 ming kishidan oshadi. FIFAning iyun oyi reytingida Tonga 211ta milliy jamoa orasida 202-o‘rinda qayd etilgan.

Yangilangan Argentinada eski muammolar. Messi bu safar ham sovrinsiz qoladimi?

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz