Узбек O'zbek
Sarrining «Yuventus»dagi maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi
Yakshanba, 16 Iyun
5169

«Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Turinda yiliga 6 mln yevro maosh oladi. Bu haqda italiyalik jurnalist  Nikkolo Chekkarini o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.

60 yoshli mutaxassisning «Yuve» bilan bitimi 3 yil muddatga tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri bir yil davomida «Chelsi»ga ustozlik qilib, Yevropa ligasida g‘olib bo‘ldi; APLda 3-o‘rinni egallab, Liga kubogi finaliga chiqdi. Angliya kubogida esa jamoa nimchorak finaldan kurashni yakunladi.

Tajribali mutaxassis «Yuventus»da oxirgi 5 mavsumda bosh murabbiy bo‘lib kelgan Massimiliano Allegrining o‘rnini egallaydi. U bunga qadar «Napoli»dan tashqari «Empoli», «Sorrento», «Alessandria», «Grosseto», «Peruji» kabi bir qator italyan klublarini boshqargan. O‘tgan mavsumdagi Yevropa ligasi chempionligi uning faoliyatidagi ilk sovrin bo‘lgan edi.

Qo‘shimcha qilish o‘rinliki, Sarri APLdagi ilk 12ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan tarixdagi ilk murabbiy sanaladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz