Узбек O'zbek
Reshford bilan shartnoma hamon uzaytirilmadi, u «MYU»dan nimani talab qilmoqda?
Yakshanba, 16 Iyun
3835

«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshford bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

The Sun`ning yozishicha, 21 yoshli futbolchi 4 yillik bitimga imzo chekish uchun haftalik maoshi 390 ming yevroga yetkazilishini istamoqda.

Aleksis Sanches bu mavsum 27ta bahsda 2ta gol urgani holda haftasiga 565 ming yevro ish haqi olayotganidan norozi. Reshfordning o‘zi o‘tgan mavsumda 47ta o‘yinda qatnashib, 13ta to‘p kiritgan.

Ma’lumot uchun, Markus hozirda haftasiga 80 ming funt maosh oladi. Uning amaldagi shartnomasi muddati tugashiga bir yil qoldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz