Узбек O'zbek
Nedved Pogba va de Ligt transferlari bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti
Yakshanba, 16 Iyun
5155

«Yuventus» vitse-prezidenti Pavel Nedved taniqli agent Mino Rayola bilan muzokara o‘tkazish uchun Monte-Karloga yo‘l oldi, deb ma’lum qildi Tuttosport.

Nashrga ko‘ra, funksioner Rayola bilan uning ikki mijozi – «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba va «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt xaridlarini muhokama qilish maqsadida uchrashmoqda.

Avvalroq «MYU» Pogba uchun 170 mln yevro narx belgilagani, de Ligt esa «PSJ»ga o‘tishga yaqin ekani xabar qilingandi.

Ta’kidlash joiz, o‘tgan yakshanba kuni Portugaliya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi finalidan keyin portugallar hujumchisi Krishtianu Ronaldu Matteysni Turinga taklif etgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz