Узбек O'zbek
Messi: «Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatayotgan paytimizda Kolumbiya gol urdi»
Yakshanba, 16 Iyun
4186

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi ilk turida Kolumbiyadan qabul qilingan mag‘lubiyatga (0:2) izoh berdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

«Bu o‘yinda o‘zimizni ijobiy tomondan ko‘rsata oldik, deb o‘ylayman. Hozir noliydigan vaqt emas. Olg‘a yurishimiz va oldinda bizni kutib turgan o‘yinlarga diqqat qaratishimiz kerak.

Kolumbiyaliklar to‘pni yaxshi nazorat qilishdi, lekin xavfli vaziyatlar yaratishgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, biz ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni yaxshilashimiz bilan ular gol urishdi.

Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinmizni ko‘rsatayotgan paytimizda to‘p o‘tkazib yubordik va bu bizga qimmatga tushdi. Kerakli xulosani chiqarib, o‘zimizga ishonishda davom etishimiz kerak.

Mag‘lubiyat bilan boshlash yoqimsiz, biroq Paragvayni yengsak, vaziyat ancha barqarorlashadi», – dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, bu bahsda 71- va 86-daqiqalarda Rojer Martines va Duvan Sapata tomonidan urilgan gollar Kolumbiyaga g‘alaba keltirdi. Bugun guruhning ikkinchi juftligi – Paragvay-Qatar ilk turda to‘qnash keladi.

Kopa Amerikada nega Qatar va Yaponiya ham qatnashyapti?

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz