Узбек O'zbek
KONKAKAF Oltin kubogi Meksika va Kanadaning yirik hisobdagi g‘alabalari bilan boshlandi
Yakshanba, 16 Iyun
2393

Shimoliy Amerikada 15-marotaba o‘tkazilayotgan KONKAKAF Oltin kubogi start oldi.

Bu galgi musobaqadan boshlab jamoalar soni 16taga oshirilgan. Turnirga o‘yinlari AQSH, Kosta-Rika va Yamaykaning 16ta shahri mezbonlik qiladi.

Dastlabki kungi ikkala o‘yinda ham yirik hisob qayd etildi. Kanada Fransiyaning Karib dengizidagi qismi bo‘lgan Martinika oroli termasini 4:0 hisobida yengdi, Meksika esa Kuba darvozasiga javobsiz 7ta to‘p kiritdi.

Qayd etish kerak, meksikaliklar KONKAKAF Oltin kubogida eng ko‘p – 7 marta g‘olib chiqishgan. Ikkinchi o‘rindagi AQSH (amaldagi chempion) hisobida 6ta oltin kubok mavjud. Ulardan tashqari faqat bitta jamoa – Kanada bir marotaba qit’ada tengsiz bo‘lishga erisha olgan.

Musobaqa 7 iyulga qadar davom etadi.

KONKAKAF Oltin kubogi
«A» guruhi, 1-tur
Kanada – Martinika 4:0 (1:0)
Gollar: Jonatan David (33, 53), Junior Hoilett (63), Skott Arfild (67)

Meksika – Kuba 7:0 (4:0)
Gollar: Antunya (2, 44, 80), Ximenes (31, 64), Reyes (38), Vega (74)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz