Узбек O'zbek
Ikki klub Saloh uchun «Liverpul»ga 150 mln funt taklif qildi
Yakshanba, 16 Iyun
15543

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Real» va «Yuventus» diqqat markazida bo‘lib turibdi, deb xabar tarqatdi Mirror.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ikkala klub ham misrlik yulduz uchun 150 mln funt (168 mln yevro atrofida) qiymatdagi taklif bilan chiqishgan, biroq Saloh Mersisayddan ketmoqchi emasligini bildirgan.

Qayd etilishicha, «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madrid va Turindan kelib tushgan takliflar haqida xabar topgach, rahbariyat bilan uning klubdan ketishi ehtimoli bor-yo‘qligi haqida gaplashib olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli hujumchi APLdan ketmoqchi emas.

11-raqam egasi Liverpulda yana bir yil qolib, Angliya chempioni bo‘lmoqchi va shundan so‘ng, keyingi yil yozda boshqa klublar takliflarini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Saloh o‘tgan mavsumda «Liverpul»ning 52ta o‘yinida maydonga tushib, 27ta gol urdi va 13ta golga assistentlik qildi; Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz