Узбек O'zbek
«Yuventus» va «Chelsi» kelishib oldi, Sarri lavozimidan bugun ketadi
Juma, 14 Iyun
2008

«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri «Yuventus» boshqaruviga o‘tadi.

Italyan matbuotiga ko‘ra, «Yuve» sport direktori Fabio Paratichi «ko‘klar» direktori Marina Granovskaya bilan 60 yoshli mutaxassis borasida kelishuvga erishgan, shartnomada aniqlik kiritilishi kerak bo‘lgan ayrim mayda detallargina qolgan.

Kelishuvga asosan, Turin klubi londonliklar jamoasiga ma’lum miqdorda kompensatsiya va murabbiyning kelgusidagi yutuqlari ortidan bonuslar to‘laydigan bo‘lgan.

Sarri «Chelsi»ni bugun, 14 iyun kuni rasman tark etishi kutilmoqda. Shundan so‘ng u Italiya chempioni bilan bitim imzolashi mumkin bo‘ladi.

Jurnalist Janluka Di Marsioning o‘z saytida ma’lum qilishicha, «aristokratlar» boshqaruvi «Derbi Kaunti» bosh murabbiyi Frenk Lempardga o‘tishi ehtimoli yuqori. U 2001-2014 yillarda «Stemford Brij»da o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz