Узбек O'zbek
«Real» Xames uchun «Napoli»dan qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi
Juma, 14 Iyun
5764

«Real»ga «Napoli»ga yarimhimoyachi Xames Rodrigesning narxini ma’lum qildi, deb xabar berdi Corriere dello Sport.

Ma’lum qilinishicha, Madrid klubi kolumbiyalikni 42 mln yevroga baholagan. Ayni shu summa «Bavariya» bilan ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan, ammo nemislar bu pulni to‘lab, uni to‘la sotib olish imkoniyatidan voz kechishgan edi.

Qayd etilishicha, «Napoli» ham Xamesni dastlab ijaraga olib, so‘ng to‘liq transferni rasmiylashtirmoqchi. Neapolliklar bu shartga ko‘ngan taqdirda, 27 yoshli xavbek ularning rekord qiymatdagi transferi bo‘ladi.

«Napoli» Xamesga yiliga 6,5 mln yevro maosh taklif qilmoqda. Klub prezidenti Aurelio De Laurentis «Real»dagi hamkasbi Florentino Peres bilan mazkur masala yuzasidan aloqaga chiqqan.

Xames «Napoli» taklifiga rozilik berdi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz