Узбек O'zbek
Allegri futboldan charchadi
Juma, 14 Iyun
984

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2019/20 yilgi mavsumda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmasligini ma’lum qildi.

«Bir yillik ta’tilga chiqmoqchiman, shaxsiy hayotimni tartibga keltirishga harakat qilaman. Oilam, bolalarim va do‘stlarim bilan aloqalarni yanada yaxshilashni istayman.

So‘nggi 16 yilda o‘zimni blenderdek his qildim. Men oilam va do‘stlarim bilan o‘tkazishim mumkin bo‘lgan vaqtni boshqa ishlarga sarfladim.

Ta’tilda keyingi mavsum oldidan yangi kuch to‘plashga harakat qilaman», — deya 51 yoshli italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan 2019 yilga qadar boshqargan. U o‘z vaqtida «Milan», «Kalyari», «Sassuolo», «Lekko», «Udineze», «Grosseto», SPAL va «Alyaneze» klublarida ishlagandi.

U Turin jamoasini tark etgach, OAVda yangi mavsumda «Chelsi»ni boshqarishi aytilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz