Узбек O'zbek
Allegri: «Bir yillik ta’til olmoqchiman»
Juma, 14 Iyun
2556

«Yuventus»ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri 2019/20 mavsumida murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida emasligini ma’lum qildi.

«Qayta kuch to‘plab olish va shaxsiy hayotimni izga tushirish uchun bir yil ta’til olmoqchiman. Yana oilam va farzandlarimga mehrimni, do‘stlarimga yaqinlik hissini tuyishni xohlayapman.

Oxirgi 16 yildan beri xuddi o‘zimni blender ichiga tushib qolgandek his etib keldim. Oilam va do‘stlarim bilan o‘tkazishim mumkin bo‘lgan vaqtimni qurbon qilishimga to‘g‘ri keldi.

Ta’til davomida keyingi mavsum oldidan qayta kuch to‘plab olaman», – degan 51 yoshli murabbiyning so‘zlarini keltirdi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, Allegri 5 yildan buyon «Yuventus»ni boshqarib kelayotgandi. Undan avval u «Milan», «Kalyari», «Sassuolo», «Lekko», «Udineze», «Grosseto», SPAL va «Alyaneze» jamoalarida ishlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz