Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» Beyl transferi g‘oyasidan voz kechdi
Payshanba, 13 Iyun
2496

«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl transferini amalga oshirmaydi.

Evening Standard xabariga ko‘ra, ingliz klubi 29 yoshli uelslikning xizmatiga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotgan. Mankunianliklar asosiy e’tiborni yosh futbolchilar transferiga qaratishmoqchi.

O‘tgan mavsumda Beyl «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan, transfer qiymati 60 million yevroga teng.

Avvalroq «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Beylni o‘z rejalariga kiritmagani, biroq futbolchi baribir «Real»da qolmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz