Узбек O'zbek
Premer-ligada yangi mavsumning ilk turi taqvimi ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 12 Iyun
6057

Ijtimoiy tarmoqda APL 2019/20 mavsumining ilk turi taqvimi paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Premer-ligada yangi mavsum 10 avgustdagi 7ta o‘yin bilan boshlanadi.

Jumladan, ilk uchrashuv Londonda «Tottenhem» va «Norvich» o‘rtasida kechadi. Shu kuni poytaxtning yana ikki grandi «Arsenal» va «Chelsi» mos ravishda «Kristal Pelas» va «Sauthempton» mehmoni bo‘ladi. Kunning so‘nggi bahsida «Liverpul» «Bernli»ga qarshi safarda maydonga chiqadi.

«Manchester Yunayted» 11 avgustda «Brayton»ni qabul qilsa, amaldagi chempion «Manchester Siti» bundan bir kun o‘tib – dushanbada «Vulverhempton» maydonida bahs olib boradi.

Qayd etish kerak, Angliyada mavsum 4 avgust kuni superkubok o‘yini bilan start oladi. Shu kuni Londondagi «Uembli» stadionida «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari o‘zaro to‘qnash keladi.

Premer-liga yangi mavsumning taqvimini rasman ertaga, 13 iyun kuni e’lon qilishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz