Узбек O'zbek
PFL A Pro-Liganing ikkita klubini jazoladi
Chorshanba, 12 Iyun
1515

Professional Futbol Ligasi A Pro-Ligada ishtirok etayotgan 2ta klubni jazoladi.

Xususan, «Sherdor» va «Iftixor» klublariga musobaqada ishtirok etish badalini to‘lamagani uchun texnik mag‘lubiyat yozildi.

PFL xabariga ko‘ra, Sport musobaqalarini o‘tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi bu klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klublar tomonidan 250 million so‘mga teng badal puli to‘lanmagan.

Natijada, «Istiqlol» – «Sherdor» o‘yinida Samarqand klubiga, «Oqtepa» – «Iftixor» o‘yinida Oltiariq klubiga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz