Узбек O'zbek
Noyer Germaniya milliy jamoasi rekordchisiga aylandi
Chorshanba, 12 Iyun
1526

Germaniya milliy jamoasi Yevro-2020 saralashida Estoniyani qabul qilib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu natijadan so‘ng nemislar posboni Manuel Noyer Bundestim rekordchisiga aylandi. U milliy jamoada 37-marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bu borada Zepp Mayerni ortda qoldirdi.

33 yoshli Noyer Germaniya milliy jamoasida 10 yil oldin debyut qilgan.

Estoniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Yoaxim Lyov shogirdlari ochkolari sonini 9taga yetkazib, bitta o‘yin kam o‘tkazgani holda 4-turdan keyin «C» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam Shimoliy Irlandiyadan 3 ochkoga ortda qolyapti. Niderlandiya hisobida ikki o‘yinda 3 ochko bor, Belarus va Estoniya hali ochko ola olganicha yo‘q.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz