Узбек O'zbek
«Napoli» «Real» taklifini rad etdi
Chorshanba, 12 Iyun
5416

«Real» yarimhimoyachi Fabian Ruis xaridi masalasida «Napoli» bilan kelisha olmadi.

AS tarqatgan xabarga ko‘ra, Neapol klubi Madrid jamoasi yo‘llagan taklifni rad etgan. «Napoli»dagilar 23 yoshli ispan sotilmasligini bildirishgan.

Qayd etilishicha, Ruisning shartnomasida uni bekor qilish summasi belgilab qo‘yilmagan, shu boisdan uning transferi bo‘yicha klub bilan kelishish talab etiladi.

Italyan grandi Fabianni bir yil oldin «Betis»dan 30 mln yevroga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda xavbek A Seriyaning 27ta turida qatnashib, 5ta gol urdi va 4ta golga hammuallif bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz