Узбек O'zbek
«MYU»da transfer siyosatiga bundan buyon ham Vudvord mas’ul bo‘ladi
Chorshanba, 12 Iyun
1800

«Manchester Yunayted» rahbariyati qisqa muddatga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Ma’lum bo‘lishicha, «MYU» rahbarlari klubning transfer siyosati bo‘yicha mas’uliyatni vitse-prezident El Vudvordda qoldirishga qaror qilgan. Klubga sport direktori tayinlash g‘oyasidan voz kechilgan.

Shuningdek, «qizil iblislar» Vudvordga yordamlashish maqsadida transfer qo‘mitasini tuzishlari mumkinligi ham istisno etilmayapti.

Qayd etish kerak, Ed Vudvordning faoliyati tez-tez tanqid qilib kelinadi. Klubda sport direktori lavozimini 2019 yil boshidan joriy etish rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» o‘tgan mavsumda APLda 6-o‘rinni band etdi; Angliya kubogida chorak finalgacha borib, Liga kubogida uchinchi bosqichdan kurashni yakunladi. Klub YeCHLda ham chorak finaldan ortga qaytdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz