Узбек O'zbek
Lyubinko Drulovich: «Juda jiddiy raqibni mag‘lub etdik»
Chorshanba, 12 Iyun
2905

O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida Namanganda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng (3:2) mezbonlar bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘rtoqlik uchrashuvlari o‘zbek futboli rivoji uchun foydali va muxlislar ushbu g‘alabalardan xursand bo‘lishdi.

Misr olimpiya terma jamoasi – juda jiddiy raqib. Misrliklar oldingi o‘yinlarda AQSH terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, Gollandiya termasiga munosib qarshilik ko‘rsata olishgan. Biz o‘sha uchrashuvlarni o‘rganib, tahlil qilgandik. Qisqasi, shogirdlarim jahonning kuchli terma jamoalaridan birini mag‘lubiyatga uchrata olishdi va o‘ylashimcha, Andijon hamda Namanganda qozonilgan g‘alabalardan muxlislar ham zavq olishdi. 

Fursatdan foydalanib, bugungi bahsda bizni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lgan namanganlik muxlislarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlar 12-o‘yinchi hisoblanishadi. Futbolchilarga ushbu o‘yinlar oldidan muxlislarga g‘alaba tortiq etish uchun maydonda barcha mahoratlarini namoyish ishga solishlarini ta’kidlagandim. Buni ular ajoyib tarzda uddalashdi va buning uchun shogirdlarimdan minnatdorman», – degan Drulovichning so‘zlarini keltirdi O‘FA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Misr OTJ o‘rtasida o‘tgan hafta Andijonda o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida o‘zbekistonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz