Узбек O'zbek
Xames «Napoli» taklifiga rozilik berdi
Chorshanba, 12 Iyun
2806

«Napoli» «Real»dan yarimhimoyachi Xames Rodrigesni sotib olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skiri o‘z tvitterida ma’lum qilishicha, kolumbiyalik xavbek italyan klubiga o‘tishga rozilik bergan.

Unga ko‘ra, Neapol klubi Xamesni keyinchalik to‘la sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. U so‘nggi ikki mavsumni ham «Bavariya»da o‘tkazgan, ammo Myunxen klubi yakunda uning transfer huquqidan voz kechgan edi.

Qayd etish kerak, Xames faoliyati davomida «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan «Real» va «Bavariya» klublarida birga ishlagan.

U o‘tgan mavsum Bundesligada 20ta o‘yin o‘tkazib, 10ta golda (7+3) bevosita qatnashdi.

Anchelotti «Real»dagi sobiq shogirdini «Napoli»ga o‘tishga ko‘ndirdi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz