Узбек O'zbek
Di Mariya Messi haqida: «Gnom bilan birga o‘ynash menga yoqadi»
Chorshanba, 12 Iyun
6064

«PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya Argentina milliy termasidagi jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Gnom bilan o‘ynash menga yoqadi. Uning qanday mashq qilayotganini kuzatish ham maroqli. Buni tushuntirish qiyin, unda qandaydir mukammallik bor.

«Barselona»ga o‘tish imkoniyati bo‘lgan edi, lekin bu amalga oshmagan. Lekin shunisi aniqki, agar men bu klubga o‘tgan taqdirimda ham, Messini har kuni ko‘rib turish uchungina shunday yo‘l tutgan bo‘lardim. Har safar to‘p Messiga kelib tushganida men tomoshabinga aylanib qolaman», – degan Di Mariyaning so‘zlarini keltirmoqda Ole.

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya va Messi ayni paytda Argentina milliy jamoasi bilan Kopa Amerikaga tayyorlanmoqda. Musobaqa indinga, juma kuni Braziliyada start oladi. Argentina unda Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan bir guruhdan joy olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz