Узбек O'zbek
Qatarda JCH-2022 ob’ektlari qurilishida mingdan ko‘proq nepallik halok bo‘lgan – OAV
Chorshanba, 12 Iyun
4895

Qatarda futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatiga stadionlar qurilishida kamida 1400 nafar nepallik quruvchi halok bo‘lgan. Arab News nashrining xabar berishicha, nepallik quruvchilarning Qatardagi ob’ektlar qurilishida halok bo‘lganini Nepal hukumati tasdiqlagan.

Ma’lum qilinishicha, Qatarda quruvchilar yomon sharoitlarda yashashadi va xavfli qurilish maydonlarida ishlashadi. Nepal mehnat vazirligi vakili Narayan Ragmining ta’kidlashicha, halok bo‘lganlarning aniq sonini hukumatdan aniqlashtirish kerak.

“Ko‘plab nepallik ishchilar Qatarda halok bo‘lishgan. Biz Qatarga ishchilar yuborishni boshlaganimizdan beri ulardan ba’zilari halok bo‘lgan. Biroq men halok bo‘lganlar 1400 nafar ekanligi aniq raqam ekanligiga ishonchim komil emas”, deb aytgan Nepal vakili. 

Bu haqidagi ma’lumot WDR nemis telekompaniyasining hujjatli filmida paydo bo‘lgan. Filmda halok bo‘lganlar yaqinlarining aytishicha, ular Qatardan hech qanday kompensatsiya olishmagan. Ta’kidlanishicha, ish beruvchilarga nisbatan ish qo‘zg‘atishga hali muvaffaq bo‘linmagan.

Nepal hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Qatarda baxtsiz hodisalar va yashash hamda ishlash uchun yomon sharoitlar oqibatida har yili 110 ga yaqin nepallik halok bo‘ladi. Muxbirlarning aytishicha, quruvchilar xavfsizlikning pala-partish ta’minlangani sababli o‘ladilar. Ular yomon sharoitlarda yashaydilar, issiq havoda va tegishli hujjatlarsiz ishlaydilar, oz maosh oladilar.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz