Узбек O'zbek
Hadson-Odoi bitimni uzaytirish uchun «Chelsi»ga o‘z shartini aytdi
Chorshanba, 12 Iyun
3313

Hujumchi Kallum Hadson-Odoi «Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi emas.

Biroq, The Sun`ning yozishicha, 18 yoshli ingliz unga doimiy o‘yin amaliyotini va’da qilishgan taqdirdagina yangi bitimga imzo chekishini bildirgan.

Avvalroq London klubi Kallum bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Amaldagi kelishuv muddati tugashiga bir yil qoldi.

Hadson-Odoi klubda qolgan taqdirda «Real»ga o‘tgan Eden Azarning 10-raqamini o‘ziga olishi mumkin.

Hozir u aprelda olgan jarohatidan sog‘ayish bosqichini o‘tamoqda.

2018/19 mavsumida Kallum Hadson-Odoi «Chelsi»ning 29ta o‘yinida maydonga tushdi va 6+7 samaradorlik natijasini qayd etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz