Узбек O'zbek
Vinisiusdan Ronaldu yoki Messidan birini tanlashni so‘rashdi
Seshanba, 11 Iyun
15700

«Real» vingeri Vinisius Juniordan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» sardori Lionel Messidan qay birini tanlashi haqida so‘rashdi.

«Messi – fantastik o‘yinchi, tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan. Krishtianu yoki Messidan qaysi biri bilan birga o‘ynashni afzal ko‘rishimni tanlashim qiyin. Ikkisi bilan ham o‘ynab ko‘rmaganman, shuning uchun, bilmasam...

Men Benzemani tanlagan bo‘lardim. U menga doimo maydonda yordam berib kelgan», – degan Vinisiusning so‘zlarini keltirdi Fox Sports.

Eslatib o‘tamiz, kelasi oyda 19 yoshga to‘ladigan hujumchi bir yil oldin «Flamengo»dan «Real»ga o‘tgandi. Uning transferi 45 mln yevroga tushgan.

Vinisius Ispaniyadagi ilk mavsumida «qirollik klubi»ning asosiy jamoasida barcha musobaqalar doirasida 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urib, 12ta golga assistentlik qildi. U, shuningdek, jamoa o‘rinbosarlari tarkibida 5ta o‘yin o‘tkazdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz