Узбек O'zbek
«Real» Pogba yoki Eriksen tanlovi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi, endi amaliy harakatga o‘tiladi
Seshanba, 11 Iyun
11416

«Manchester Yunayted»dan yarimhimoyachisi Pol Pogba «Real»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi.

Marca`ning yozishicha, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub rahbariyatini Pogba xaridiga ko‘ndirgan. Rahbariyat bunga qadar fransiyalik xavbekdan ko‘ra «Tottenhem»dan Kristian Eriksenni olishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayotgan edi.

Ta’kidlanishicha, endilikda «Real» Pol Pogbani qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. O‘z navbatida, «MYU» uni 150 mln yevroga sotishni ko‘zlamoqda. Lekin bu qiymat ispanlar uchun qimmatlik qiladi va ular narxni tushirishga urinishadi.

Pogbaning o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishni xohlayapti. Buning uchun u Manchesterdagi maoshi kamayishiga ko‘nishi kerak bo‘ladi.

«Qirollik klubi» 26 yoshli jahon chempioniga 6 yillik shartnoma taklif qilishi kutilyapti.

AS`ning qo‘shimcha qilishicha, Kristian Eriksen «Tottenhem» bilan bitimini uzaytirish haqida o‘ylamoqda.

Uning yangi shartnomasi 4 yil muddatga mo‘ljallanishi va unda yillik 6 mln yevro maosh ko‘zda tutilishi aytilmoqda. «Shporlar» tarkibida faqat Harri Keyn bundan ko‘proq maosh oladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz