Узбек O'zbek
«Paxtakor», «Nasaf», «So‘g‘diyona» va «Navbahor» vakillari – Superligada oy laureatlari
Seshanba, 11 Iyun
2298

Tribuna.uz sayti va O‘zPFL hamkorligida Superliganing may oyidagi laureatlari aniqlandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda O‘zbekiston chempionatida 4ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

So‘rovnomaga asosan, «Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 4 o‘yinda 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

Oyning eng yaxshi darvozaboni sovrini esa «Nasaf» posboni Abduvohid Неъматовга tegishli bo‘ldi. U qarshiliklar jamoasining 3ta o‘yinida 1tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 8ta seyv namoyish etdi.

«So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev esa may oyining eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasida eng ko‘p ochko to‘pladi. Jizzaxliklar jamoasi uning qo‘l ostida may oyida 3ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 1ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan edi.

May oyining eng chiroyli golini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomada esa «Navbahor» a’zosi Slavko Лукичнинг «So‘g‘diyona» darvozasiga urgan goli eng ko‘p ovoz yig‘di.

Ma’lumot uchun, oy laureatlarini aniqlash tartibiga ko‘ra, Superliganing 14ta klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.

Bu ochkolarga muxlislar fikri sifatida qo‘shimcha ravishda Tribuna.uz tomonidan muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham qo‘shiladi – unda birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, keyingilar mos ravishda 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Oy laureatlariga maxsus statuetkalar va «Artel» savdo belgisi tomonidan smartfonlar taqdim etib kelinmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz