Узбек O'zbek
De Ligt «Barselona»ni emas, boshqa klubni tanlamoqda
Seshanba, 11 Iyun
19512

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «PSJ»ga o‘tmoqchi, deb xabar tarqatdi AS.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» de Ligtga yanada manfaatliroq shartnoma loyihasini taklif qilgan, ammo bu Matteysni qoniqtirmagan – boisi «Barsa»ning yangi taklifi ham baribir moliyaviy jihatdan «PSJ»niki kabi emasdi.

Qolaversa, Kataloniya klubi, parijliklar jamoasidan farqli ravishda, niderlandiyalik himoyachiga doimiy o‘yin amaliyotini ham kafolatlamagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, «PSJ»ning yangi sport direktori Leonardo 19 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola bilan yaxshi aloqada ekani ham uning Fransiya poytaxtiga ko‘chib o‘tishi ehtimolini oshirmoqda.

«Ayaks» sardori ortda qolgan mavsumda Erediviyaning 33ta o‘yinida maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo‘ldi; YeCHLda esa 17ta o‘yin o‘tkazib, bu turnirda ham uchta to‘p kiritdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz