Узбек O'zbek
Robben kuchli beshlikning yana bir ligasida o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi
Dushanba, 10 Iyun
5760

«Bavariya» vingeri Aren Robben faoliyatini «Latsio»da davom ettirishi mumkin.

Calciomercato`ning yozishicha, 35 yoshli niderlandning agentlari Rim klubi bilan bog‘lanib, futbolchining xizmatini taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Robben «Bavariya»dagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng Myunxenni tark etmoqda. Ortda qolgan mavsumda u «Bavariya»ning 19ta o‘yinida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golga aniq uzatma berdi.

Aren bunga qadar faoliyati mobaynida Ispaniya («Real»), Angliya («Chelsi») va Niderlandiya (PSV) chempionatlarida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, «Latsio» 2018/19 mavsumida Italiya kubogini qo‘lga kiritdi, A Seriyada esa 8-o‘rinni oldi. Yevropa ligasida 1/32 finaldan kurashni to‘xtatgan jamoa keyingi mavsumda yana shu turnirda qatnashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz