Узбек O'zbek
Iguain o‘ziga Italiyadan yangi klub topdi
Dushanba, 10 Iyun
6197

«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain yana A Seriyaga qaytishi mumkin.

Calciomercato xabariga ko‘ra, «Roma» klubi 31 yoshli futbolchi bilan muvaffaqiyatli muzokara o‘tkazgan va uning roziligini olgan. Endi «bo‘rilar» argentinalikning transferi bo‘yicha «Yuventus» bilan kelishib olishi lozim.

Iguain o‘tgan mavsumda «Milan» va «Chelsi» klublarida ijarada o‘ynadi. Biroq, har ikkala klub ham uni to‘liq sotib olishni istamadi.

Iguain o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 29ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz