Узбек O'zbek
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Urugvay va Argentinada g‘alaba, Messidan ikki daqiqa ichida ikkita gol
Shanba, 08 Iyun
6472

Kopa Amerikaga tayyorgarlik ko‘rayotgan Argentina va Urugvay milliy jamoalari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini Markaziy Amerika termalariga qarshi o‘tkazdi.

Argentina o‘z maydonida Nikaraguani qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa sardori Lionel Messi 37-daqiqada hisobni ochib, 38-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.

Shundan so‘ng 63- va 73-daqiqalarda Lautaro Martines ham ikkita to‘p kiritdi, so‘nggi o‘n daqiqalik boshlangan paytda Roberto Pereyra hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. Nikaragua qo‘shib berilgan daqiqada penaltidan yagona javob golini urishga erishdi.

O‘z navbatida, Urugvay milliy jamoasi Panamani yirik hisobda yengdi. Montevideodagi uchrashuvda Maksi Gomes, Luis Suares va Federiko Valverdening gollari mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
7 iyun
Urugvay – Panama 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Maksi Gomes, 2:0 – 69 Suares, 3:0 – 79 Valverde.
Urugvay – Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Laksalt, Nandes (Pereyro, 75), Lodeyro (Kavani, 64), Bentankur (Torreyra, 56), Vesino (Valverde, 46), de Arraskaeta (Rodriges, 75), Maksi Gomes (Suares, 63).

Argentina – Nikaragua 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 37 Messi, 2:0 – 38 Messi, 3:0 – 63 Martines, 4:0 – 73 Martines, 5:0 – 81 Pereyra, 5:1 – 90+1, penalti Barrera.
Argentina – Armani, Saraviya, Otamendi, Foyt (Funes Mori, 73), Akunya (de Paul, 62), Paredes, Lo Chelso, Rodriges (Talyafiko, 56), Aguero (Martines, 46), Messi (Dibala, 46), Suares (Pereyra, 57).

Janubiy Koreya – Avstraliya 1:0
Gol: Hvang Yui-Jo (76)

Xitoy – Filippin 2:0
Gollar: U Si (14), Chjan (54)  
Chetlatish: Sato (69, Filippin)

Afg‘oniston – Tojikiston 1:1
O‘zbekiston – KXDR 4:0
Kot-d’Ivuar – Komor orollari – 3:1
Keniya – Madagaskar 1:0
Tunis – Iroq 2:0
Slovakiya – Iordaniya 5:1

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz