Узбек O'zbek
«Roma» lideri «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligini inkor qilmadi
Shanba, 08 Iyun
3157

«Roma» himoyachisi Kostas Manolas keyingi mavsumda «Yuventus»da o‘ynashi ehtimoli ehtimoliga mujmal munosabat bildirdi.

So‘nggi vaqtlarda «Yuve» himoyachisi Jorjio Kellini yunonistonlik himoyachini bir necha marta maqtagan edi.

«Kellini nima deganini eshitdim, bu e’tirof uchun undan minnatdorman. U jahondagi eng yaxshi futbolchilardan. Biz jamoadoshga aylanamizmi? Bilmayman», – degan Manolasdan iqtibos keltirdi Football Italia.

Qayd etish kerak, bugun, 8 iyun kuni Gretsiya va Italiya milliy jamoalari Yevro-2020 saralashi doirasida Afinada o‘zaro kuch sinashadi.

27 yoshli Kostas 2014 yildan buyon «Roma» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsumda u A Seriyaning 27ta o‘yinida bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan, 6ta sariq kartochka olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz