Узбек O'zbek
Serxio Ramos jahon rekordini yangiladi
Shanba, 08 Iyun
8612

O‘z milliy jamoasida eng ko‘p g‘alabali o‘yin o‘tkazgan futbolchi maqomi Iker Kasilyasdan Serxio Ramosga o‘tdi.

Kecha Yevro-2020 saralashi doirasida Farer orollariga qarshi kechgan o‘yindagi muvaffaqiyat (4:1) Ramos uchun Ispaniya milliy jamoasidagi 122-g‘alaba bo‘lgan.

Bu borada Serxio darvozabon Iker Kasilyasning 7 yil oldin o‘rnatilgan rekordini yangiladi.

Endilikda jahon miqyosida milliy jamoasi bilan eng ko‘p o‘yinlarda g‘alabaga erishgan futbolchilar yettiligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Serxio Ramos (Ispaniya) - 122ta o‘yin
2. Iker Kasilyas (Ispaniya) - 121
3. Xavi (Ispaniya) - 100
4. Andres Inesta (Ispaniya) - 96
5. Ahmad Hassan (Misr) - 95
6. Lilian Tyuram (Fransiya) - 94
7. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)  - 92

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda Ramos faqat birinchi bo‘limda to‘p tepdi; 5-daqiqada Iskoning to‘p oshirishidan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol etib, hisobni ochdi.

33 yoshli himoyachi Ispaniya milliy jamoasi tarkibidagi oxirgi 7ta o‘yinida 6ta gol urgani e’tiborga molik.

Serxio «qizil furiya» tarkibida 2005 yilda debyut qilgan. Shunday buyon u jamoaning 164ta o‘yinida qatnashib, 19ta gol urgan.

«Real» sardori 2008 va 2012 yillarda Yevropa, 2010 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz