Узбек O'zbek
«Inter» va «Napoli» futbolchi almashish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda
Shanba, 08 Iyun
1699

«Inter» va «Napoli» klublari futbolchilarini almashtirishi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, «Napoli» yarimhimoyachisi Lorenso Insine Milan klubiga, «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi esa Neapol klubiga o‘tishi mumkin. Tomonlar bunday bitimning imkoniyatlarini o‘rganib chiqishmoqda.

Avvalroq, Insine «Napoli»ni tark etmoqchi ekani, Ikardi esa transferga qo‘yilishi, shuningdek, «neradzurri»ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte ham uni o‘z rejalariga kiritmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Insine barcha musobaqalarda 41ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Ikardi hisobida 37ta o‘yinda urilgan 17ta gol va 5ta golli uzatma bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz