Узбек O'zbek
«Bu libosda eslaydigan xotiralarim shunchalik ko‘pki...» — Azar «Chelsi» muxlislariga ta’sirli murojaat yo‘lladi
Shanba, 08 Iyun
6282

«Real»ga o‘tgani e’lon qilingan «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Eden Azar London klubi muxlislariga ta’sirli murojaat yo‘lladi.

«Endi «Real»ga o‘tayotganimni bilasiz. Bu jamoada o‘ynashni yoshligimdan xohlashimni yashirmaganman. Bu transfer jamoani va o‘zimni chalg‘itmasligi uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Ayniqsa oxirgi yarim yilda. Hayotimda yangi sahifa ochgim keldi va buni to‘g‘ri tushunasiz deb o‘ylayman. Orzum o‘shalishini juda xohladim.

«Chelsi»dan ketish faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo‘ldi. Hozir shuni aytishim mumkinki, men «Chelsi»dagi har bir lahzamdan zavqlandim. Hech qachon boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamadim. «Chelsi»ga kelganimda 21 yoshda edim. Siz bilan birga futbolchi va erkak sifatida o‘sdim. Siz mening Belgiya milliy jamoasi sardoriga aylanishimga yordam berdingiz.

Albatta, men uchun ham, jamoa uchun ham qiyin damlar bo‘ldi, lekin bu futbol. Futbol men uchun oyog‘im ostida to‘p bo‘lishi va har bir lahzadan zavqlanish. Murabbiydan nima qilish haqida maslahat so‘raydiganlarga maslahatim shuki, shunchaki futbol o‘ynang va undagi lahzalardan zavqlaning.

Jamoa yomon o‘ynaganda ham men sizning yordamingiz bilan qo‘limdan kelganini qildim. Hech qachon taslim bo‘lmaslik, g‘oliblik ruhi va ehtiros bilan o‘ynash «Chelsi»ning ajralmas bo‘lagiga aylandi va bu sizning yordamingizda shakllangan. «Chelsi» libosida eslaydigan yaxshi xotiralarim shunchalik ko‘pki. Biz juda ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozondik. Premer-Ligani, Angliya Kubogini, Liga Kubogini, Yevropa Ligasini yutdik. Ularni butun oila bo‘lib qo‘lga kiritdik.

Biror kun pivo ichib «Chelsi»dagi ajoyib damlarimni, ura olmagan penaltilarimni, «Pelas» bilan o‘yindagi g‘alaba golimni, «Tottenhem», «Arsenal» yoki «Liverpul» darvozalariga urgan gollarimni eslayman. Bokudagi g‘alabamiz ayniqsa ajoyib bo‘ldi. JCHdan keyingi og‘ir mavsum chiroyli g‘alaba bilan yakunlandi.

Ketish oldidan hammangizga rahmat deyman. Klub xo‘jayini Roman Abramovichga alohida tashakkur aytaman. U ikkita orzum amalga oshishiga yordam berdi. Birinchisi - «Chelsi»da o‘ynash, ikkinchisi - «Real»da o‘ynash orzusi»,- deb yozdi Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz