Узбек O'zbek
«Barselona» va «MYU» Reshford transferi bo‘yicha muzokara boshladi
Shanba, 08 Iyun
4622

«Barselona» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi prezidenti Xosep Bartomeu va «MYU» bosh direktori Ed Vudvord o‘rtasida iliq aloqalar mavjud va bu faktor transfer amalga oshishida muhim rol o‘ynashi mumkin.

«Barselona»dagilar Reshfordni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblashmoqda.

21 yoshli Markus «MYU» tarbiyalanuvchisi sanaladi. O‘tgan mavsumda u APLning 33ta turida qatnashib, 10ta gol urdi va 6ta golga aniq pas uzatdi.

Reshfordning amaldagi shartnomasi muddati tugashiga bir yil qolgan. Avvalroq mankunianliklar yangi bitim taklif qilayotgani, shu asosda hujumchining maoshi 4 barobarga oshirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz