Узбек O'zbek
Kanselu «Man Siti»dan taklif oldi
Juma, 07 Iyun
1431

«Yuventus» himoyachisi Joau Kanselu xizmatiga «Manchester Siti» klubi qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «shaharliklar»dan rasmiy taklif olgan. 

«Siti» Kanseluga 5 yillik shartnoma va yiliga 5 million yevro maosh taklif qilmoqda.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» klubi ham futbolchi uchun kurashishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan. Uning transfer qiymati 55 million yevroga baholanyapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz