Узбек O'zbek
Roberto Badjo: «JCH-94 finalidagi xatom tufayli hamon yaxshi uxlay olmayman»
Payshanba, 06 Iyun
3667

Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Roberto Badjo 1994 yilgi jahon chempionatining Braziliyaga qarshi kechgan finalidagi penaltilar seriyasida xatoga yo‘l qo‘yganidan hamon aziyat chekishini aytib o‘tdi.

AQSHda o‘tgan o‘sha mundial finalida asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob ochilmagan, shundan so‘ng penaltilar seriyasida omad Braziliya tomonida bo‘lgan – 3:2. Italiyaliklardan oxirgi bo‘lib Badjo penalti tepib, darvozani ishg‘ol eta olmagan.

«Braziliya bilan o‘yindagi penaltida adashganimdan hali hamon yaxshi uxlay olmayman. Bu saboq chiqarish lozim bo‘lgan yoqimsiz tuyg‘u. Men doimo Jahon chempionati finalida Braziliyaga qarshi o‘ynab, Italiyaning 1970 yildagi mag‘lubiyati alamini yuvishni orzu qilib kelgandim. Biroq orzu boshqa, reallik butunlay boshqa. Men voqealar butkul o‘zgacha yakun topishini istardim», – dedi Badjo Sky Sport Italia bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, «skuadra adzurra» JCH-1970 finalida Braziliyaga 1:4 hisobida yutqazgan.

Roberto Badjo
Badjo. Yosharish fasli

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz