Узбек O'zbek
Neymar ruhan ezilgan - u Amerika Kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin
Chorshanba, 05 Iyun
3668

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar 14 iyun kuni vatanida start oladigan Amerika Kubogida ishtirok etmasligi mumkin.

AS xabariga ko‘ra, so‘nggi voqealar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, sobiq dugonasi Neymarni jinsiy zo‘ravonlikda ayblaganidan so‘ng, uning kayfiyati tushib ketgan. Natijada, futbolchi nufuzli musobaqada ishtirok etishga ruhan tayyor bo‘lmasligi mumkin.

Avvalroq, Neymar Braziliya milliy jamoasi mashg‘ulotida tizzasida og‘riq sezgan edi. Biroq, uning jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.

Amerika Kubogi 14 iyun – 7 iyul kunlari Braziliyada o‘tkaziladi. «Pentakampeon»lar A guruhida Boliviya, Venesuela va Peru bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz